Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






​Janubiy Koreyadan Toshkentga uchib kelgan yo‘lovchilar karantinga joylashtirildi​
9.03.2020 13:13,  
547

Uzbekistan airways aviakompaniyasi 9 martga o‘tar kechasi charter reys bilan Seuldan 181 nafar O‘zbekiston fuqarosini mamlakatga olib keldi. Ular Toshkent viloyatidagi sanatoriyalardan biriga ikki haftalik karantinga joylashtirildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

O‘zbekiston 1 martdan boshlab yangi turdagi koronavirus sabab Janubiy Koreya bilan avaiqatnovlarni vaqtincha to‘xtatgan edi. O‘sha kunning o‘zida «O‘zbekiston aviatarmog‘i» charter reys bilan 251 nafar yo‘lovchi Seuldan Toshkentga olib kelgandi. Ularning 231 nafari, jumladan, 20 nafar Rossiya fuqarosi Chirchiq shahridagi sanatoriyaga ikki haftalik karantinga joylashtirilgan.

«Ichida 181 nafar yo‘lovchi bo‘lgan charter Toshkentga soat 02:00 da yetib keldi. Bortda tranzit yo‘lovchilar yo‘q edi», — deyiladi xabarda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Janubiy Koreyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 7 ming kishidan oshib ketgan. Kasallik oqibatida vafot etganlar soni 50 kishiga yetgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан