Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Janubiy Koreyaga ishga ketishni xohlovchilar uchun yangi tartiblar e’lon qilindi
2.06.2019 00:54,  
1306

O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi fuqarolarni keyinchalik Janubiy Koreyada ishga joylashtirish uchun koreys tili bo‘yicha test sinovidan o‘tkazish tartibidagi o‘zgarishlar haqida ochiq taqdimot o‘tkazdi.

Mazkur o‘zgarishlar korrupsiya va monopoliyaga yo‘l qo‘ymaslik; shaffoflik va jamoat nazorati kabi uch muhim tamoyilga asoslangan.

Nimalar o‘zgardi?

Birinchi, EPS-TOPICka kirish uchun koreys tilini bilish bo‘yicha saralash testlarni o‘tkazish huquqi barcha tadbirkorlik sub’yektlariga berildi. Mazkur faoliyat bilan shug‘ullanish uchun Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligidan Bilimni baholash markazi sifatida akkreditatsiyadan o‘tish zarur. Hozirgi kunda Andijon va Samarqanddan ikkita tashkilot akkreditatsiyadan o‘tdi. Bilimni baholash markazlari ro‘yxati quyidagi manzil bo‘yicha joylashtirilgan:

Ikkinchi, EPS-TOPICka kirish uchun o‘tkaziladigan saralash test sinovlari natijalari 2019 yil 1 iyundan boshlab, dinamik reyting ko‘rinishida ochiq holda test.mehnat.uz saytiga joylashtirib boriladi. Reytingdagi o‘rinlar to‘plangan ballardan kelib chiqib shakllanadi.      

Uchinchi, EPS-TOPICka kirish uchun o‘tkaziladigan saralash test sinovlarida foydalaniladigan savollar ochiq holda quyidagi manzil bo‘yicha joylashtirilgan.

To‘rtinchi, EPS-TOPIC test sinovlaridan o‘tgan har bir fuqaro o‘zining Koreya Respublikasida ishga joylashish statusi haqida yangi ishga tushirilgan korea.mehnat.uz sayti orqali ma’lumot olishi mumkin.

Mazkur o‘zgarishlar test o‘tkazish va O‘zbekiston fuqarolarini Koreyada ishga joylashtirish, shuningdek, saralashda hamma uchun birdek sharoit yaratish jarayonlarining shaffofligini ta’minlashga qaratilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан