Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Jarayon hali davom etadi» — ozodlikka chiqqan Abdukarim Mirzayev
22.01.2021 16:50,  
397

Turkiyada tahsil olayotgan o‘zbekistonlik jurnalist Abdukarim Mirzayev «shubhali shaxslar» bilan aloqadorlikda gumonlanib, 11 dekabrga o‘tar kechasi Istanbulda qo‘lga olingan edi. Jurnalistga nisbatan gumonlar o‘z tasdig‘ini topmagach, 33 kundan so‘ng ozod etildi. Кun.uz’ning Turkiyadagi muxbiri jurnalist bilan suhbatda bo‘ldi.

– Hibsda ekaningizda turli gumonlar, fikr-mulohazalar yangradi. O‘ylaymanki, bugungi suhbatimiz bu fikr-mulohazalarga birinchi shaxs tilidan oydinlik kiritib beradi. Xo‘sh, o‘sha kun aslida nima bo‘lgandi?
– Avvalo, bir narsaga oydinlik kiritib olish kerak. Voqea muhimmi, voqea atrofidagi fikrlar muhimmi? Har doim nisbiy narsa ikkinchi planga tushaveradi. Bu yerdagi real narsa – bu voqeaning sodir bo‘lgani.

Voqea haqidagi har qanday fikr – xoh ijobiy bo‘lsin, xoh salbiy bo‘lsin – hammasi nisbiy fikrlardir. Masalan, kimdir meni ko‘kka ko‘targan bo‘lsa, «U yaxshi edi» degan bo‘lsa, bu nisbiy fikr. Kimdir istaganicha mag‘zava ag‘dargan bo‘lsa, bu ham nisbiy fikr.

Lekin men uchun haqiqat – bu voqeaning sodir bo‘lgani. Nima uchun sodir bo‘ldi, qanday sodir bo‘ldi? Nega bo‘ldi? Nega men bilan bo‘ldi? Men bir inson o‘laroq, o‘zimga bu savollarni berdim, lekin hozirgacha to‘liq bir javob olganim yo‘q.

Masalan, «Mana shuning uchun bo‘ldi» degan gapni hech kim menga aytgani yo‘q. O‘zimning shaxsiy umumiy xulosam shuki, «Bir tekshirib ko‘raylik, bu odam kim?» degan bir savol qo‘yilgan bo‘lsa, mening ishtirokimsiz tekshirib ko‘rishdi. Nega mening ishtirokimsiz? Chunki meni so‘roq qilishgani yo‘q. So‘roq qilish uchun bir sabab, bir jinoiy ish bo‘lishi kerak. Unaqa holat yo‘q. Shunchaki, bir tekshirib ko‘raylik deb, oxirigacha tekshirib, ko‘ngillari xotirjam bo‘ldi.

Chiqayotganimda so‘radim: «Oxir-oqibat, aytarsizlar nega men bir oydan ortiq bu yerda qoldim?» desam, «Nima qilasan so‘rab, hayotingni davom ettiraver», deyishdi.

Bir jurnalist sifatida bu yerda (Turkiya – tahr.) ham, O‘zbekistonda ham bir qadar tanildim, desam haddimdan oshmagan bo‘lsam kerak. «Buni bir tekshirib ko‘raylik, o‘zimizning xafsizligimiz uchun» deyishgan bo‘lsa, nur ustiga nur. Mana, tekshirib ko‘rishdi. Men ham men haqimdagi har xil gumonlardan qutuldim, deb o‘ylayman.

Do‘stlarimizdan biri aytadi: «Bunday voqealardan keyin odam bir qadar obro‘sizlashadi, shubhalar paydo bo‘ladi. Lekin senda buning tamoman aksi bo‘ldi».

Masalan, kimdir bir muammoga duch kelsa, uning yonidagi odamlar ketadi, to‘g‘rimi? Men bir muammoga kirganda hamma keldi. Yordam taklif qilib, boshqa qilib. Hamma har turli yordamlar bilan keldi.

Allohga beadad shukr, har doim yordamchimiz bo‘ldi. Eng kerakli odamlarni eng kerakli nuqtalarda kerakli ishlarni qilishiga sabab qilib qo‘ydi va bu jarayon uzoq cho‘zilmadi. Uzoqroq cho‘zilishi mumkin edi-da.

Kecha bir tomoshabinlarimizdan biri: «Tasbehni ham o‘ttiz uch marta o‘giramiz, siz ham o‘ttiz uch kun o‘tiribsiz. Bunda ham bir hikmat bor. O‘tgan kunlaringiz, butun hayotingiz go‘zal sarhisob bo‘libdi», deb yozibdi. Men ham shunday deb qabul qildim. Bir so‘z bilan aytganda, shu.

Yana bir marta ta’kidlab aytaman: hech bir jinoyat bilan ayblanganim yo‘q. Bir marta ham so‘roq qilinganim yo‘q. Hatto men o‘zim: «Kimdir meni so‘roq qilsin, xavfsizlikdanmi, polisiyadanmi, prokuraturadanmi kimdir kelib, qarshimga o‘tirsin, savol bersin, nima uchun?» deb so‘raganimda menga: «Seni hech kim so‘roq qilmaydi. Agar sen so‘roq qilinadigan ish qilganingda bu yerda emas, boshqa bir joyda bo‘larding. Xotirjam bo‘l, ozgina jarayon bor», deyishdi. Menimcha, oxirigacha o‘rganib chiqishdi, shekilli.

Gohida tuhmat balosi ham bo‘ladi-da. Tuhmat juda yomon. Masalan, tariximizga qarasak ham bitta tuhmatni deb, odamlarning hayotlari vayron bo‘lib ketganini ko‘rish mumkin. Oddiy bir fuqaroning hayotidan tortib, to shohlarning hayotigacha... Alloh bundan asrasin. Chunki sizga tuhmat qilinsa, aslida unday emasligini isbotlash uchun butun umringizni sarflashingiz mumkin. Ammo baribir isbotlay olmaysiz. Odamlar ishongisi kelgan narsaga ishonadi.

Men bunday deya rasmiy yo‘l bilan so‘rayman, albatta. Advokatlar orqali, huquqiy yo‘l bilan. Qarshi da’vo ochiladi. Bu ishni oxiriga yetkazamiz. Chunki men hech bir xato qilmadim, deb hisoblayman. Agar xato qilganimda, bugun siz bilan suhbatlashib o‘tirmagan bo‘lardim.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан