Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Jasliq qamoqxonasi mahbuslari uchun alohida qamoqxona quriladimi?
17.10.2019 20:20,  
677

Jasliq qamoqxonasi mahbuslari uchun alohida qamoqxona qurilmaydi, deb xabar qildi bugun jurnalistlar uchun tashkil etilgan brifingda O‘zbekiston IIV matbuot kotibi Shohruh Giyasov.

"Jasliq" koloniyasi yopilgach, mahbuslarning keyingi taqdiri haqidagi savolga javob berar ekan, Giyasov umrbod jazo tayinlangan mahbuslarni alohida saqlash kerak bo‘lgan joy qurilayotganini ma’lum qildi.

"Jasliq koloniyasi yonida umrbod ozodlikdan mahrum etilgan mahkumlar saqlanadigan alohida jazoni ijro etish muassassi mavjud edi. Mazkur mahkumlar jazo muddatini o‘tashi sharti talablari bo‘yicha, umumiy, qattiq yoki mos tartibdagi jazoni ijro etish muassasasida saqlanayetgan mahkumlardan shartli ravishda kun tartibi bo‘yicha farqlanganligi uchun hozir alohida jazoni ijro etish koloniyasi qurilishi bo‘yicha topshiriq berilgan. Koloniya alohida qurilib ishga tushgandan keyin umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlar shu koloniyaga o‘tqaziladi. Hozircha ular boshqa koloniyalarga joylashtirilgan", - deb aniqlik kiritdi u.

Giyasovning aytishicha, koloniyada o‘z jazo muddatini o‘tayotgan 385 nafar mahkum prezident qaroridan keyin 15 kun ichida, ularning oila a’zolari va yaqinlariga qulaylik yaratish maqsadida ilgari o‘zlari yashagan joylarga yaqin koloniyalarga yuborilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан