Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Jasur Umirov ustidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi sudga oshirildi
6.01.2021 12:09,  
531

Tergov davomida ayblanuvchining aybi dalillar asosida to‘liq tasdiqlandi, deya bayonot berdi Samarqand viloyat prokuraturasi.

Voyaga yetmagan qizning nomusiga tegishda ayblanayotgan xonanda Jasur Umirov ustidan tergov yakunlanib, jinoyat ishi 5 yanvar kuni sudga oshirildi.

Jinoiy ish 2020 yil 9 oktyabr kuni qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi 21 dekabrda ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan edi.

Samarqand viloyati prokuraturasi xabariga ko‘ra, tergov davomida ayblanuvchining aybi maqbul dalillar bilan to‘liq tasdiqlangan.

Shu sababli Jasur Umirov JKning 118-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan ayblanib, ish ko‘rib chiqish uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyat sudiga yuborilgan.

Ushbu ayblov (shaxsning 18 yoshga to‘lmaganini bila turib nomusga tegish) sudda tasdiqlangan taqdirda, xonanda 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Shu bilan birga, shu ish doirasida fuqaro A.Z. va Sh.Q.larga JKning 241-moddasi 2-qismi (Og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatlarni oldindan va’da bermasdan yashirish) va boshqa moddalari bilan ayblov e’lon qilingan.

Eslatib o‘tamiz, voqea 2020 yil iyunida Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida ro‘y bergan. Holat Kun.uz'da yoritilgunga qadar tuman IIB mazkur holatda jinoyat alomatlari bo‘lmagan, deb topib, jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etgandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан