Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“Jayron” qo‘riqxonasi zamonaviy turistik zonaga aylantiriladi (foto)
18.06.2020 20:05,  
421

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov boshchiligidagi ishchi guruh Buxoro viloyatida joylashgan “Jayron” qo‘riqxonasiga borib, u yerning sayyohlik mavsumiga tayyorgarligini ko‘zdan kechirdi

“Ixtisoslashtirilgan qo‘riqxonada ko‘plab imkoniyatlar mavjud bo‘lib, bu yerda xalqaro standartlarga muvofiq keluvchi zamonaviy tashrif markazi (visitor center), kuzatuv minorasi va muzey yaratilmoqda. Mehmonlar uchun barcha qulayliklar yaratish maqsadida qo‘riqxonada olib borilayotgan ilmiy izlanishlar, uning tarixi haqida batafsil ma’lumotlar beriladi.

Bu yerda jayron bilan bog‘liq maxsus suvenirlar liniyasi hamda uning brend do‘konlari tashkil etiladi. Qo‘riqxonaga tashrif buyurgan odamlarda tamaddi qilish imkoni ham bo‘lishi uchun tematik kafe faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Xorijiy va mahalliy sayyohlarga yanada ko‘proq qulaylik yaratish maqsadida qo‘riqxona kerakli texnika bilan ta’minlanadi: boshlanishi uchun bu yerga ikki avtomobil va ikki kvadrotsikl, live-kameralar, shuningdek suratga olishni xush ko‘ruvchi sayyohlar uchun fotoqopqonlar ijarasi yo‘lga qo‘yiladi”, - dedi Aziz Abduhakimov.

Shuningdek, Bosh vazir o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, qo‘riqxona hududida bir necha Kuzatuv minorasi va ular bo‘yicha maxsus marshrutni yaratish rejalashtirilgan. Bu qo‘riqxonadagi jonivorlarni ertadan kechgacha kuzatish, ya’ni butun kun davomida ularning hayoti haqida ma’lumot olish imkonini beradi.

Bundan tashqari, qo‘riqxonani turistik maskan sifatida targ‘ib qilish maqsadida bu yerning maxsus sayti ham yaratilib, unda virtual va 3D-turlar yo‘lga qo‘yiladi. Ekoturizm maskani hududida dunyoga keluvchi noyob jonivorlarga internet tarmoqlari orqali yorqin nomlar berish tizimini yo‘lga qo‘yish esa ko‘pchilikda qiziqish uyg‘otishi tabiiy.

“Ta’kidlash joizki, ayni damda Buxoro viloyatidagi “Jayron” qo‘riqxonasiga barcha hududlarning maktab o‘quvchilari, akademik kollej va litseylar o‘quvchilari hamda oliy ta’lim muassasalari talabalari ekskursiyasini yo‘lga qo‘yishga doir maxsus dastur ishlab chiqilmoqda. Ushbu dastur asosida o‘quvchi va talabalarning rejali tashriflari amalga oshiriladi.

Shu bilan birga, Buxoro va boshqa hududlarning mahalla hamda mehnat jamoalari vakillari uchun arzon narxlarda maxsus turlar ishlab chiqiladi. Qo‘riqxonada keng qamrovli ilmiy ishlar o‘tkazilishidan kelib chiqib, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bilan kelishib oldik – har yili xorijiy mamlakatlar olimlarini jalb qilgan holda xalqaro anjumanlar va ilmiy konferensiyalar o‘tkaziladi”, - deya qo‘shimcha qildi Aziz Abduhakimov.

Yuqoridagi barcha ishlarni amalga oshirish natijasida “Jayron” qo‘riqxonasi yiliga 20 mingga yaqin sayyohni qabul qilish salohiyatiga ega bo‘ladi.

Ma’lumot uchun: “Jayron” qo‘riqxonasi 1977 yilda tashkil topgan bo‘lib, Qizilqum cho‘lining janubi-g‘arbida, Buxoro shahridan 42 km masofada joylashgan. Maydoni – 16,5 ming gektar. Uning faoliyati jayronlarning yo‘qolib borayotgan noyob turlarini ko‘paytirishga yo‘naltirilgan. Bundan tashqari, qo‘riqxona hududida jonivorlar va o‘simliklarning boshqa turlari ham mavjud, ular orasida O‘zbekistonning Qizil kitobi va Xalqaro Qizil kitobga kiritilganlari ham bor. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан