Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qirg‘iziston prezidenti O‘sh qirg‘ini qurbonlari xotirasiga hurmat bajo keltirdi
11.06.2020 10:30,  
771

Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeyenbekov 2010 yilgi millatlararo mojaro ning 10 yilligi munosabati bilan O‘sh shahriga bordi va qurbonlarning oilalariga ta’ziya bildirdi.

U "Onalar ko‘z yoshi" xotira majmuasi poyiga gul qo‘ydi va nutq so‘zladi.

“Biz ko‘p asrlik xalqmiz, asrlar davomida ahillik, qarindoshlik va birodarlik hukm surgan. Ota-bobolarimiz qadimgi O‘sh shahrining shonli tarixini yaratib, birdamlikda yashagan. Har birimiz ota-bobolarimizning xotirasini eslab, xalqaro tinchlik va hamjihatlikni saqlashimiz kerak. Biz birgalikdagi sa’y-harakatlar orqali mamlakatimizni rivojlantiramiz", - dedi Qirg‘iziston Prezidenti.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2010 yil iyun oyida qirg‘izlar va o‘zbeklar o‘rtasidagi millatlararo to‘qnashuvda 893 kishi halok bo‘lgan, 1500 dan ortiq kishi jarohatlangan. Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar soni 2000 kishidan oshgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан