Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Jeff Bezos Amazon aksiyalarini $3,1 mlrd.ga sotdi
7.08.2020 20:28,  
241

Amazon bosh direktori Jeff Bezos kompaniyaning 1 million aktsiyalarini 3,1 milliard dollarga sotdi, deb yozadi Bloomberg AQShning qimmatli qog‘ozlar va birjalar bo‘yicha komissiyasi (SEC) hujjatlariga tayanib. 2020 yil boshidan beri Amazon rahbari aksiyalar savdosidan 7,2 milliard dollarni yig‘di.

Bezos hanuzgacha kompaniyaning 54 milliondan ortiq aksiyalariga egalik qiladi va uning boyligi 189,8 milliard dollarga baholanmoqda. Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, uning sof boyligi 2020 yilda 74,9 milliard dollarga, Amazon aksiyalari qiymati 73 foizga o‘sgan.

2017 yil aprel oyida Bezos o‘zining aviatsion-kosmik kompaniyasi Blue Origin'ni moliyalashtirish uchun har yili kompaniyada 1 milliard dollarga yaqin aksiyalarni sotayotganini aytgan edi. 

2018 yil sentyabr oyida Amazon rahbari, uysiz oilalarga yordam beradigan va maktabgacha ta’lim milliy tarmog‘ini yaratadigan notijorat tashkilotlarni (NNT) qo‘llab-quvvatlaydigan 2 milliard Bezos Day One fondini xayriya qilishga va’da berdi. Forbes qayd etishicha, o‘sha paytdan boshlab Bezos uysizlar bilan ishlaydigan NNTlarga 200 million dollar ajratgan.

Shu yilning fevral oyi oxirida u shuningdek iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashishga qaratilgan Bezos Earth jamg‘armasi tashkil etilishini e’lon qildi. Jamg‘arma tabiatni muhofaza qilish sohasida ishlaydigan faollarni, olimlarni va NNTlarni moliyalashtiradi. Ushbu maqsadlar uchun Bezos 10 milliard dollar ajratdi va u yozda grantlar tarqatishni boshladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан