Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Jek Ma uch oy deganda ko‘rinish berdi: u qayerda edi?
20.01.2021 17:37,  
424

Xitoylik milliarder Jek Maning sirli yo‘qolishi (qariyb uch oy ko‘rinish bermadi) jahon matbuoti va biznes hamjamiyatini ozmuncha tashvishlantirgani yo‘q.

Biroq xavotirlar o‘rinsiz. Jek Ma soppa-sog‘ va omon. Bugun qator xorij ommaviy axborot vositalarida paydo bo‘lgan xabarlar shundan dalolat beradi.

Xitoy OAVlariga ko‘ra, «Alibaba Group» asoschisi Xanchjoudan uncha olis bo‘lmagan boshlang‘ich maktabga borgan, qolaversa, bugun, 20 yanvar kuni qishloq o‘qituvchilari tashabbuslariga bag‘ishlangan onlayn-tadbirda qatnashgan.

Eng boy xitoylik ($50,9 mlrd.) «Ant Group» moliya-texnika kompaniyasi qimmatbaho qog‘ozlari birinchi savdosi (IPO) arafasidagi 2020 yil 24 oktyabrdagi mojaroli nutqidan so‘ng jamoatchilik ko‘z o‘ngidan yo‘qolib qolgandi. O‘sha nutqida Jek Ma XXR moliya tizimini tanqid qilib, innovatsiyalar fursati yetganiga urg‘u bergandi.

Shundan so‘ng Xitoy hukumati «monopoliya ishi» ochib, «Alibaba»ni qattiq siquvga olgandi. Ma hamda hamkorlari Xitoy qimmatbaho qog‘ozlar qo‘mitasiga chaqirilib, sho‘’ba kompaniyasi («Ant Group»)ning IPO si bekor qilingandi.

Buning oqibatida, birjada $34 mlrd. jalb etish o‘rniga, «Alibaba» aksiyalari 11 foizga qadrsizlanib, kompaniya kapital qiymatining $80 mlrd.ini yo‘qotgandi.

Jek Maning yo‘qolib qolishi borasidagi mish-mishlar turli-tuman. Ayrimlar milliarder Xitoydan qochib ketgan deyishsa, yana birovlar uni «yo‘qolishga» majburlashgan deyishadi. Jek Ma «Alibaba» shtab-kvartirasi joylashgan Xanchjouga muvaqqat «uzlatga chekingan», degan gaplar ham yo‘q emas. Ayrim manbalar bu o‘tgan davrda u tinmay hukumat bilan muzokaralar olib borib, hatto kompaniyalaridan birini milliylashtirishga ko‘nganini ta’kidlaydi.

Jek Mani Xitoy kompartiyasi kechirdimi? Ehtimol, hukumat ham yirik korporatsiyaning yuqori daromadli biznesini vayron qilishni istamayotgandir. Bular bizga qorong‘u. Ammo Maning qaytishi haqidagi xushxabardan so‘ng «Alibaba» aksiyalari bugun Gonkong birjasida salkam 6 foizga qimmatlashgani ayni haqiqat.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан