Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Jek Ma Xitoyning yetakchi tadbirkorlari ro‘yxatiga kiritilmadi
2.02.2021 18:25,  
181

Alibaba asoschisi o‘rniga gazetaning birinchi sahifasidan uning «asosiy raqibi», Tencent rahbari Ma Xuaten joy oldi.

Milliarder Jek Ma Shanghai Securities News davlat ishbilarmonlar gazetasi e’lon qilgan Xitoyning yetakchi tadbirkorlari ro‘yxatiga kiritilmadi. Bu haqda Bloomberg yozmoqda.

Alibaba asoschisi o‘rniga gazetaning birinchi sahifasidan uning «asosiy raqibi», Tencent rahbari Ma Xuaten joy oldi, deya qayd etadi agentlik. Ro‘yxatga shuningdek, Huawei asoschisi Jen Chjenfey, Xiaomi rahbari Ley Szyun va BYD prezidenti Van Chuanfu kiritilgan.

Shanghai Securities News gazetasida Jek Maning nomi tilga olinmasligi u va mamlakat hukumati o‘rtasidagi nizo davom etayotganligini bildiradi, deb yozadi Reuters. Ro‘yxat Alibaba choraklik hisobotini e’lon qiladigan kunda e’lon qilindi.

Jek Ma oktyabrda Shanhaydagi konferensiyada xalqaro moliyaviy regulyatorlar qoidalari eskirganini aytgan va Xitoy banklarini tanqid qilib, ular «lombardcha mentalitet»ga egaligini bildirgandi.

5 noyabr kuni nazorat paketi Maga tegishli bo‘lgan Ant Group Shanhay va Hongkong birjalarida IPO’ni amalga oshirishi kerak edi. Biroq birjaga chiqishdan ikki kun oldin Xitoy moliyaviy regulyatorlari Ma va Ant Group rahbarlarini suhbatga chaqirgan. Reuters manbasining so‘zlariga ko‘ra, ular bizneslarini to‘liq tekshiruv kutayotgani to‘g‘risida ogohlantirilgan.

Ant Group IPO’si qoldirildi. Xabarlarga ko‘ra, bu boradagi qarorni shaxsan XXR hukumati raisi Si Szinpin qabul qilgan.

Dekabrda Xitoy regulyatorlari Ant Group’ni shaffof raqobat prinsiplarini va iste’molchilar huquqlarini buzishda aybladi. 24 dekabrda esa Alibaba ustidan tekshiruv boshlangani ma’lum qilindi.

Oxirgi marta oktyabrda omma oldida ko‘ringan Jek Ma uch oydan so‘ng – yanvar o‘rtalarida ko‘rinish berdi. U Jek Ma 20 yanvar kuni xayriya tadbirida videoaloqa orqali chiqish qilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан