Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Jenoa» muxlislari Eldorga ishonmoqda
20.12.2020 12:12,  
592

Bugun Italiya A Seriyasining navbatdagi turida “Jenoa” safar uchrashuvida liga debyutanti  “Benevento” bilan kuch sinashadi. Keyingi paytda jamoa o‘yini kuchayib borayotganidan mamnun bo‘layotgan genuyalik muxlislar bu uchrashuvdan faqat g‘alaba kutmoqda.

Shuningdek, keyingi paytda o‘yini ochilib borayotgan o‘zbekistonlik legioner Eldor Shomurodovga ham muxlislarning ishonchi ortib bormoqda. Ular Rolando Marandan o‘zbek hujumchisini asosiy tarkibda tushirishni so‘rab, buning evaziga  Eldor “Benevento” darvozasiga gol urishi shartligini aytmoqda.

E’tiboringizga “Jenoa” muxlislarining Eldor Shomurodov haqidagi fikr-mulohazalarini havola etamiz.

Tommi Villa:

“Milan” bilan durangdan so‘ng, “Benevento” bizga to‘siq bo‘lolmaydi. Biz albatta yutamiz. Hujumchilarimiz o‘zini ko‘rsatadi. Shomurodov va Destrodan gol kutamiz!

Damiano Cannarile:

Boshlang‘ich tarkibda Shomurodov va Destro o‘ynasin. Ular eng kuchli futbolchilarimiz. Shomurodov katta summa tikilgan transferni oqlashi kerak.

Valentina Tito:

O‘tgan o‘yinda Shomurodovning gol urishi uchun ozgina omad yetishmadi. Bu gal u gol urishiga ishonaman.

Giovanni Angelini:

“Milan”ga qarshi o‘ynagan tarkibni bugun ham maydonga tushirish kerak.  Ayniqsa, hujumda o‘ynagan futbolchilarni. Nihoyat, eng zo‘r hujum tandemini topdik.

Rosalba Santoro:

Maran bu gal ham Skamakkani zaxirada olib qolishiga umid qilaman. Shomurodov bugungi kunda boshlang‘ich tarkibga eng munosib futbolchi.

 

Ko‘rinib turibdiki, Eldor Shomurodov o‘zining o‘yini bilan mutaxassislar ishonchini oqlab, muxlislar qalbidan joy olib bormoqda. Genuyaga kelganidan beri asosiy tarkibga munosib ekanini isbotlayapti. Hamyurtimiz avvaliga “Jenoa” yulduzi Goran Pandevni raqobatda ortda qoldirdi. Keyingi o‘yinlarda bosh murabbiy katta ishonch bildirayotgan Janluka Skamakkani zaxira o‘yinchisiga aylantirib qo‘ydi.

Bir necha o‘yin oldin, “Jenoa” hujumida Shomurodov va Skamakka juftligi o‘ynayotgan edi. Endi undan ham samarali usul topildi. Genuyaliklar jamoaning old chizig‘ida Shomurodov va Destro tandemini ko‘rishni istamoqda. Chunki bu hujumchilar A Seriya yetakchisi va Yevropada yengilmas jamoaga aylangan “Milan” himoya chizig‘ini ojiz qoldira oldi.

"Benevento" va "Jenoa" o‘rtasidagi uchrashuv bugun Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da boshlanadi

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан