Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Jerar Deparde ishtirok etgan O‘zbekiston haqidagi film Fransiya TVsida namoyish etildi
8.10.2020 09:22,  
246

O‘zbekiston Respublikasining Fransiyadagi elchixonasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, «B-Tween» fransuz kinokompaniyasi bilan hamkorlikda “Paris Première” telekanali uchun «Mon rêve ouzbek» (Mening o‘zbekcha orzuyim) nomli hujjatli filmini 2019 yilda tasvirga olishgan edi va mana 2020 yil 7 oktyabr kuni soat 22:50 da “Paris Première” telekanalida efirga uzatilmoqda.

Bu haqda Xorazm viloyati hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Bosh qahramon film davomida o‘zbek xalqining mehmondo‘stligi va O‘zbekistonning boy tarixiy hamda madaniy merosini ko‘rib, o‘z hayratlarini ifoda etadi:

«O‘zbekistonga noyob jug‘rofiy o‘rin (hudud) tuhfa etilgan. Osiyoning qoq yuragida joylashgan bu mamlakat o‘zidan tashqaridagi mamlakatlarning madaniyatidan ko‘plab madaniy an’analarni to‘pladi va shu bilan birga o‘z tajribasini tashqi olamga yetkazdi», - degan iliq fikrlar bildirgan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан