Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Jiddiy huquqiy oqibatlar» haqida AOKA Gazeta.uz nashrini ham ogohlantirdi
26.11.2020 04:37,  
546

Gaz-svet muammosini yozgani uchun AOKA rahbari Kun.uz nashrini ogohlantirgan edi. Bundan tashqari, AOKA Gazeta.uz nashrini COVID-kasalxonalari bemorlari statistikasi va SSVning koronavirus bemorlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar taqqoslangan yangilikni e’lon qilgani uchun ham «jiddiy huquqiy oqibatlar» haqida ogohlantirgan.

Joylardagi elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan bog‘liq muammolar haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan qiziqarli va tanqidiy postlar jamlanib, Kun.uz saytida e’lon qilinishi ortidan, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bosh direktori Asadjon Xodjayev tahririyatni noxolislikda ayblab, «jiddiy huquqiy oqibatlar»dan ogohlantirgani va Kun.uz tahririyati buni bosim o‘tkazish deb hisoblagani xabar qilingandi.

Ma’lum bo‘lishicha, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi «Gazeta.uz» nashrini COVID-kasalxonalari bemorlari statistikasi va SSVning koronavirus bemorlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar taqqoslangan yangilikni e’lon qilgani uchun «jiddiy huquqiy oqibatlar» haqida ogohlantirgan. 

«Gazeta.uz» tahririyatiga kelajakda tekshirilmagan ma’lumotlar e’lon qilingan taqdirda «jiddiy huquqiy oqibatlar» kelib chiqishi ogohlantirilgan Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Asadjon Xo‘jayev tomonidan imzolangan xat kelib tushgan.

Keltirilgan matnda koronavirus bemorlari va koronavirus bilan kasallanganlar uchun mo‘ljallangan shifoxonalar to‘g‘risida aniq aytilgan. Shu bois, «Gazeta.uz» ushbu xabarni berishda Sog‘liqni saqlash vazirligining o‘sha kuni kechki vaqtda bergan statistik ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatda 2123 nafar koronavirus bemori davolanayotganiga e’tibor qaratgan. Xabarni e’lon qilishdan oldin tahririyat SSVga munosabat so‘rab murojaat qilgan, lekin tezkor javob ololmagan.

Xabar e’lon qilinganidan bir oz vaqt o‘tganidan so‘ng SSV ushbu holatga izoh berib, 6570 nafar bemor ichida ba’zi belgilari mavjud bo‘lib, kasallikda gumon qilingan, lekin virus tasdiqlanmagan, shuningdek, pnevmoniyaga chalingan yoki unga ham gumon qilingan bemorlar borligini ma’lum qilgan. «Gazeta.uz» ushbu tushuntirishni ham o‘z saytida e’lon qilgan.

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xatida qayd etilishicha, «to‘la tekshirilmagan ma’lumot asosida e’lon qilingan xabar va uning ketidan bildirilgan munosabat jamoatchilikni noto‘g‘ri fikrga olib kelgan».

AOKAning qo‘shimcha qilishicha: «Bu esa, o‘z navbatida, mamlakat hukumati tomonidan ushbu yo‘nalishda olib borilayotgan sa’y-harakatlarga nisbatan salbiy fikr-mulohazalar uyg‘onishiga sabab bo‘lishi mumkin» (agentlik tomonidan bu so‘zlarning tagiga chizilgan – tahr.).

«Gazeta.uz» masalani bunday bayon qilishni bo‘rttirish deb hisoblaydi, ogohlantirish xatiga esa tahririyatni «noqulay» savollar berishni to‘xtatishga majbur qilish bo‘yicha keskin javob deb qaraydi.

«Gazeta.uz» tahririyati

«Gazeta.uz» nashri Kun.uz nashrini qo‘llab-quvvatlashini va uning chaqiruvlariga qo‘shilishini bildirgan.

Shu o‘rinda Sof.uz tahririyati har ikki nashrni to‘liq qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан