Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Jirinovskiy Putin va Volodindan tashqari hammaga qo‘l berib salomlashishni taqiqladi (video)
5.03.2020 17:00,  
826

LDPR rahbari Vladimir Jirinovskiy yalpi majlisga oq qo‘lqopda keldi. Uning ta’kidlashicha, bunday himoya mikrob va viruslarga qarshi kurashish uchun zarur vositadir. Jirinovskiy LDPRning barcha deputatlari bundan buyon qo‘lqop kiyishini aytdi va boshqa barcha fraksiyalarni qo‘l bilan salomlashishdan voz kechishga chaqirdi. Bu haqda LDPR lideri Duma TV efiri orqali ma’lum qildi.

Shuningdek, LDPR rahbari konferensiya zalida deputatlarning stolidagi changning "namunalarini" olib tekshirtirishni va Davlat dumasining qaysi fraksiyasi ko‘proq mikroblarga ega ekanligini solishtirishni taklif qildi.

Bundan tashqari, Vladimir Volfovich Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin va Davlat dumasi raisi Vyacheslav Volodindan tashqari hamma bilan uchrashganda unga qo‘lini uzatishni taqiqladi.

"Menga qo‘l uzatib salomlashishni hammaga taqiqlayman! Prezidentning o‘zi menga qo‘l uzatsa, men uni qo‘lini olib so‘rashaman, Vyacheslav Viktorovich bilan ham ... Qolgan hammaga taqiqlayman!", deb belgiladi Jirinovskiy.

Fraksiya rahbari o‘z nutqi davomida oq qo‘lqoplarini yechib qo‘llari bilan minbarni bir necha marta ishqalaganida, Davlat Dumasi raisi Vyacheslav Volodinni e’tiborini jalb qildi.

"Siz gapga berilib qo‘lqoplaringizni yechib, qo‘llaringizni bir necha bor minbarga ishqaladingiz. Bizdagi muammolar aynan shundadir. Avval o‘zimiz ixtiro qilamiz va keyin ixtirolarimizdan o‘zimiz voz kechamiz. Ertalab siz bizga qo‘lqoplar haqida muhim so‘zlarni aytgan edingiz, hozir bo‘lsa ularni o‘zingiz yechib tashladingiz. Endi esa mikroblari bor qo‘lqoplaringizni kimdir olib ketishiga to‘g‘ri keladi”, deb ta’kidladi Vyacheslav Volodin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан