Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Jismoniy mashqlar bajarayotganda niqob taqish kerakmi?
15.08.2020 13:48,  
428

AOKAda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Barno Abdusamatova ishtirokida brifing o‘tkazildi. Brifingda koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq savol va murojaatlar yuzasidan javob berildi.

Savol: Uy pashshalari COVID 19 infeksiyasini tarqatuvchilari bo‘lib hisoblanadimi?

Javob: Hozirgi vaqtda uy pashshalari COVID 19 virusli patogenini yuqtirishga qodir ekanligiga oid biron bir dalil yoki ma’lumotlar mavjud emas.

Savol: Jismoniy mashqlar bajarayotganda niqob taqish kerakmi?

Javob: Jismoniy mashqlar bajarish vaqtida niqob taqmaslik kerak, chunki u qulay nafas olishga to‘sqinlik qiladi.

Ter ajralishi niqobni tez namlantiradi, bu esa nafas olishni qiyinlashtiradi hamda mikroorganizmlar ko‘payishiga ko‘maklashadi.

Jismoniy mashqlar bajarishda muhim profilaktika choralari – atrofdagilardan kamida 1 metr masofani saqlash hisoblanadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан