Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish natijasida miya faoliyati sezilarli o‘zgarishi aniqlandi
9.05.2018 18:17,  
70

Jismoniy mashqlar miyaning koordinatsiya va harakat bilan bog‘liq bo‘limlari hajmining kattalashishiga ko‘mak berishi mumkin.

Yuvyaskyul universiteti olimlari tadqiqot o‘tkazib, genotipi bir xil bo‘lgan o‘n juft egizaklar — 32—36 yoshdagi erkaklarga tegishli ma’lumotlarni o‘rganib chiqdi. Har bir juftlikda aka-ukalardan biri ikkinchisiga qaraganda so‘nggi uch yil ichida sport bilan ko‘proq shug‘ullangan. Ungacha esa har ikkalasidagi jismoniy faollik darajasi bir xil bo‘lgan.

Ishtirokchilarning barchasi miyani skanerlash jarayonidan o‘tdi va ularning miyalari hajmi solishtirildi. Aniqlanishicha, sport bilan shug‘ullanish miyaning umumiy hajmiga ta’sir o‘tkazmagan, biroq miyaning harakat bilan bog‘liq sohalari hajmida o‘zgarish kuzatilgan. Egizaklarning faolroqlarida ushbu bo‘limlar hajmi kattaroq bo‘lgan. Bundan tashqari, ularda organizm qondagi qand miqdorini yaxshiroq nazorat qilgan, bu esa diabet rivojlanishi xavfini pasaytiradi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан