Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i 10 foizga oshishi kutilmoqda
12.11.2021 08:33,  
225

2022 yil uchun soliq siyosatini takomillashtirish doirasida Byudjetnomada qator o‘zgarishlar ko‘zda tutilmoqda. Bu haqda 2022 yil uchun davlat byudjeti qonuni loyihasi va byudjetnoma bo‘yicha Hisob palatasining xulosasida ma’lum qilindi.

Qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) bo‘yicha amaldagi soliq stavkasi 15 foiz miqdorida saqlab qolinmoqda.

Aksiz solig‘i stavkalari 2022 yil 1 iyundan o‘rtacha 10 foizga oshishi kutilmoqda. Tamaki mahsulotlari importiga aksiz solig‘i stavkasi 2022 yil 1 yanvardan 10 foizga, alkogol mahsulotlari importiga 2022 yil 1 iyundan 10 foizga pasaytirilmoqda.

Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasi amaldagi 2 foizdan 1,5 foizga kamaytirilmoqda. Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i stavkalari 10 foizga oshishi rejalashtirilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан