Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Jismoniy tarbiya va sport vaziriga o‘rinbosar tayinlandi
12.10.2020 17:16,  
275

Bugun Jismoniy tarbiya va sport vazirligida navbatdan tashqari yig‘ilish o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Aziz Abduhakimov, Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Rustam Shoabduraxmonov, vazirlik hamda sport federatsiya va assotsiatsiyalari rahbariyati, sport ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etishdi.

Yig‘ilishga raislik qilgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.Abduhakimov so‘nggi yillarda yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish borasida keng islohotlar amalga oshirilayotganini alohida ta’kidladi. Shu bilan birga mazkur soha taraqqiyotini yangi bosqichga olib chiqish, ayniqsa aholining salomatligini mustahkamlashda ommaviy sport targ‘ibotini yanada kuchaytirish zarurligiga urg‘u qaratildi. Ushbu vazifalarni amalga oshirish maqsadida vazirlik rahbariyatida tashkiliy o‘zgarish yuz berganligini ma’lum qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maxsus qarori bilan Karimov Avazjon Qudratillayevich jismoniy tarbiya va sport vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.

Avaz Qudratillayevich Karimov – 1983 yil 19 mayda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2006 yilda O‘zbekiston karate milliy federatsiyasi raisining o‘rinbosari sifatida boshlagan. 2007-2011 yillarda O‘zbekiston karate milliy federatsiyasi Toshkent shahar bo‘limi raisi, 2011 yildan O‘zbekiston badminton federatsiyasi raisining o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat olib borgan.

2014-2015 yillarda Sportning qishki va murakkab texnik turlari bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi direktori o‘rinbosari, so‘ngra ot sporti bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi direktori, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport Davlat qo‘mitasi Ishlar boshqarmasi boshlig‘i, 2017-2019 yillarda Chirchiq olimpiya zaxiralari maktab-internati direktori, 2019 yil 6 sentyabrdan hozirga qadar Respublika olimpiya zaxiralari kolleji direktori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан