Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Jizzaxda 123 mln so‘m kredit mablag‘larni talon-toroj qilib o‘zlashtirgan rahbarga jinoiy ish qo‘zg‘atildi
8.07.2021 16:49,  
184

Paxtakor tumanida fermer xo‘jaligining kredit mablag‘ini o‘zlashtirgan MChJ rahbari va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departamenti xabar qildi.

Qayd etilishicha, departamentning Paxtakor tuman bo‘limi tomonidan fermer xo‘jaliklarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, «A.» MChJ rahbari va boshqalar «G‘.» fermer xo‘jaligiga ajratilgan 400 million so‘m kredit evaziga olib kelingan tomchilatib sug‘orish texnologiyasini hozirgi kunga qadar xo‘jalik yerlariga o‘rnatmasdan 122,6 million so‘m kredit mablag‘ini talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан