Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Jizzaxda 6 yoshli bola asfalt yotqizuvchi texnika tagida qolib, vafot etdi — video
10.09.2021 08:29,  
440
7 sentyabr kuni soat taxminan 17:10 da Paxtakor tumani Bog‘ishamol qishlog‘ida 6 yoshli T.Sh. velosipedi bilan mahalla hududida ishlayotgan asfalt yotqizish mashinasining orqa tomoniga yaqinlashib kelganida haydovchi transportda orqaga qarab harakatlangan paytida bolakay yiqilib, texnika ostida qolib, vafot etgan. Bu haqda Jizzax viloyati YHXB Axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, holat sodir bo‘lgan vaqtda haydovchining oldida uni ogohlantirib turishi kerak bo‘lgan yordamchi ishchilar yo‘q bo‘lgan.
 
Ta’kidlanishicha, holat yuzasidan og‘ir texnika vositasi tegishli bo‘lgan firma rahbariga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 147-moddasi (Yo‘llarga, yo‘l inshootlariga, yo‘l harakatini tartibga solib turuvchi texnik vositalarga shikast yetkazish, ularni saqlash qoidalarini buzish) bilan ma’muriy bayonnoma tuzilgan.

Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, holat bo‘yicha 7 sentyabr kuni Paxtakor tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov olib borilmoqda.
 
 
 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан