Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Jizzaxda BMX velotrassasi qurilishi boshlandi. U qanday bo‘ladi? (foto)
12.06.2020 10:20,  
297

O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi va Jizzax viloyati hokimligi hamkorligida Jizzax shahridagi sobiq Sangzor ko‘li hududida velosportning VMX yo‘nalishi bo‘yicha trassa qurilishi jarayonlari olib borilmoqda

Trassa CC, ya’ni qit’a chempionatlari va jahon kubogi bosqichlarini qabul qila oladigan toifada bo‘ladi. Bo‘lajak arena 2500 muxlis uchun mo‘ljallangan. Ahamiyatlisi, maydonning yon qismida 100 kishilik mehmonxona va biznes-markaz ham barpo etiladi. 

«Qurilish ishlari yakunlangach, VMX yo‘nalishi bo‘yicha jahonning eng kuchli rayderlari ishtirokida arenaning ochilish marosimini o‘tkazish rejalashtirilgan. Mehmonlar bunda ko‘rgazmali sinov musobaqasida qatnashadilar va jarayon ko‘ngildagidek yakunlangach, Xalqaro velosportchilar ittifoqi maxsus komissiyasining SS sertifikati berilishi kutilmoqda. Trassaning ochilishi esa kuz faslining ilk kunlariga mo‘ljallangan. Bu yo‘nalish bilan shug‘ullanuvchi professional sportchilarimiz sanoqli. Kelajakda hukumatimizning qo‘llab-quvvatlashi bilan xorijlik mutaxassislarni jalb qilish orqali VMXni ham yurtimizda rivojlantirish rejamiz bor», – dedi O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi Bosh kotibi Kozim O‘rinboyxo‘jayev.

Trassa 2 ta (5 va 8 metri) start chizig‘iga ega bo‘ladi. Bunda 5 metrli hudud mashg‘ulot jarayonlari va havaskorlar uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, katta chiziqda professional poygalarga start beriladi. Trassa qurilishi yakunlangach, 5 metrli start chizig‘iga ega hududda ushbu yo‘nalishga qiziqqan istalgan yoshdagi inson o‘zini VMX yo‘nalishida sinab ko‘rishi mumkin.

2022 yil Senegalda bo‘lib o‘tadigan to‘rtinchi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlari dasturiga ushbu sport turi kiritilgan. Bunday zamonaviy inshootning qurilishi nafaqat shosse va trek, balki VMX yo‘nalishida ham o‘smirlar va kattalar Olimpiadalariga munosib tayyorgarlik ko‘rish imkoniyatini taqdim qiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан