Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Jizzaxda dahshatli falokat - chiqindi tashuvchi yuk avtomobilining gaz balloni portlab ketdi
13.04.2021 18:08,  
445

Jizzaxda chiqindi yig‘ish transportining gaz balloni portlashi oqibatida 2 nafar fuqaro jarohatlandi. Bu haqda IIV YHXBB matbuot xizmati xabar bermoqda.

13 aprel kuni soat 7:40 atrofida Jizzax shahrining Mustaqillik ko‘chasida «Toza hudud DUK»ga tegishli chiqindi yig‘ish maxsus transport vositasida o‘rnatilgan gaz ballon portlab ketdi.

Oqibatda shu ko‘chada bo‘lgan Cobalt rusumli, ko‘chaning ikkinchi tomonida turgan Nexia-1 rusumli hamda Spark rusumli avtomashinalarga jiddiy zarar yetgan. Shuningdek, piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan ikki nafar piyoda og‘ir tan jarohatlari olib, shifoxonaga yuborilgan.

Hozirda holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан