Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Jizzaxda er Telegram’dagi yozishmalari sabab xotinini pichoqlab o‘ldirdi
3.04.2021 08:51,  
1601

Jizzax viloyati Do‘stlik tumanida 31 mart, chorshanba kuni er 28 yoshli xotinini pichoqlab o‘ldirdi. Bu haqda tuman Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzacho‘l tuman sudi raisiga tayanib, «Xabar.uz» ma’lum qildi.

Xabar qilinishicha, voqea soat tonggi 4:30 atrofida ijarada yashab kelayotgan xonadonda sodir bo‘lgan. Aniqlanishicha, er turmush o‘rtog‘i M.M.ning Telegram’dagi yozishmalarini o‘qib qolib, o‘rtalarida janjal kelib chiqqan. Oqibatda H.M. uyning mehmonxonasida o‘tkir tig‘li oshxona pichog‘i bilan xotinining chap bo‘yin sohasiga ikki marotaba urib, uni qasddan o‘ldirgan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan tayinlangan sud-tibbiy ekspertizasi o‘tkazilgan hamda birlamchi xulosada M.M.ning o‘limiga bo‘yin sohasida sanchilib-kesilgan tan jarohatidan ko‘p qon ketishi sabab bo‘lgani keltirilgan.

Hozirda jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzacho‘l tuman sudi tomonidan H.M.ga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан