Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Jizzaxda "farosatsizlik" oqibatida 75 tup daraxtlar betonlab yuborildi
4.12.2021 20:16,  
217

Ijtimoiy tarmoqlarda daraxtlar atrofi betonlangani haqida lavhalar tarqaldi.

Ekologiya qo‘mitasi axborot xizmati ma’lum qilishicha, holat Jizzax viloyati boshqarmasi tomonidan o‘rganildi.

Mirzacho‘l tumani Gagarin shaharchasi "Do‘stlik" MFY Xalqlar Do‘stligi ko‘chasining ikki tomoniga ekilgan 75 tup daraxtlar atrofi "Fayz-Baraka" MChJ tomonidan yo‘lak qurish ishlari davomida betonlab yuborilgan.

Daraxtlarning barchasi: 38 tup archa, 7 tup yasen, 1 tup tut, 1 tup akatsiya, 1 tup gilos, 4 tup qayrag‘och, 7 tup eldor qarag‘ayi, 12 tup aylant daraxtlarining tagidagi betonlar buzib olindi va ularning tagi yumshatilib, parvarish qilindi.

MChJning ushbu ishga yo‘l qo‘ygan xodimlarga nisbatan rasmiy bayonnoma rasmiylashtirilib, jarima belgilandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан