Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Jizzaxda “GAZ-31” bilan to‘qnashgan “Cobalt” yonib ketdi. 3 kishi halok bo‘ldi
9.03.2021 20:35,  
232

Jizzax viloyati Forish tumani Uchma mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan o‘tgan “Jizzax - Forish - Qizilcha” 4R-36 yo‘lining 85- kilometrida yo‘l transport hodisasi ro‘y berdi. Bu haqda viloyat IIB Axborot xizmati xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, Navoiy viloyati Nurota tumani Sintop qishloq fuqarolar yig‘inida yashovchi J.S. boshqaruvidagi “Cobalt” Forish tumani Qo‘lba qishloq fuqarolar yig‘inida yashovchi Z.D. boshqaruvidagi “GAZ-31” bilan to‘qnashgan.

Ko‘ngilsiz hodisa oqibatida “Cobalt”da yong‘in kelib chiqdi va ushbu avtomashina haydovchisi J.S. hamda uning manzildoshi, yo‘lovchi X.G. kuyish jarohatidan vafot etgan. Xuddi shunday, “GAZ-31” haydovchisi B.T. tuman tibbiyot birlashmasida ko‘rsatilgan yordamga qaramasdan hayotdan ko‘z yumgan. Mazkur avtomashinada bo‘lgan haydovchining hamqishlog‘i yo‘lovchi I.E. esa bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi, chap boldir suyagining yopiq sinishi tashxisi bilan shifoxonaning travmatologiya bo‘limiga yotqizildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан