Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Jizzaxda koronavirus qurboni bo‘lgan otaxonning 70 yoshli ayoli ham ushbu virusdan vafot etdi
30.06.2020 16:15,  
372

Sog‘liqni saqlash vazirligining xabar berishicha, Jizzax viloyati Sh.Rashidov tumanida yashovchi 70 yoshli onaxon F.O. (uning turmush o‘rtog‘i, koronavirusga chalingan 72 yoshli otaxon Q.R.ning vafot etgani haqida avval xabar bergan edik) joriy yil 20 iyun kuni koronavirusga gumon qilinib, karantinga olingan edi.

23 iyun kuni esa Jizzax viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan. Unga «Yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, surunkali bronxit va surunkali yurak yetishmovchiligi, bo‘yin umurtqalari osteoxondrozi» tashxisi qo‘yilgan.

Bemor bundan avval, oxirgi 10 yil davomida yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, bo‘yin umurtqalari osteoxondrozi tashxisi bilan davolanib kelgan.

Bemorning davolanishi davomida kunlik ahvoli mahalliy shifokorlar bilan bir qatorda mamlakatimizdagi shu sohaga ixtisoslashgan tibbiyot muassasalarining malakali shifokorlari tomonidan ham nazoratga olinib, konsiliumlar o‘tkazilgan.

So‘nggi kunlarda bemorning nafas, yurak va o‘pka yetishmovchiligi sababli ahvoli keskin og‘irlashib, reanimatsiya bo‘limiga olingan.

Biroq mutaxassislarning standartlar asosida o‘tkazgan tezkor reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor o‘tkir miokard infarkti, o‘tkir yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi.

Shu bilan O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etganlar soni 25 kishiga yetdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан