Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Jizzaxda mahkum qo‘shnisini pichoqlab, keyin o‘zini osib qo‘ydi
22.11.2021 08:34,  
294

Joriy yilning 17 noyabr kuni soat 15:00 atrofida Jizzax viloyati Zafarobod tumanida joylashgan 30-sonli manzilli koloniyada jazo muddatini o‘tayotgan mahkum o‘z joniga qasd qildi.

Ma’lum qilinishicha, Sharof Rashidov tumani “Qahramon” MFYdagi MChJda shartnoma asosida mehnat qilayotgan mahkum o‘z ish joyini tashlab ketgan. 

U shu kuni soat 22:00 larda o‘zi yashagan Baxmal tumani Qir qishlog‘iga borib, qo‘shinisining o‘ng qo‘l kafti va qorin qismiga oshxona pichog‘i bilan bir necha marta jaroxat yetkazib, voqea joyidan qochib ketgan.

Jabrlanuvchi qorin bo‘shlig‘iga o‘tkir tig‘li jism bilan sanchilib kirgan jarohati tashxisi bilan shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Mazkur jinoyatni sodir etgan shaxsning jasadi 18 noyabr kuni soat 00:30 larda Baxmal tumani hududidagi “Chorshanba” dexqon bozoridan topilgan. U bozor hududidagi savdo do‘koni ayvoniga o‘zini osgani xabar qilinmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан