Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Jizzaxda mast erkak ustachilik bilan shug‘ullanib kelgan xonadoshini paqir bilan urib o‘ldirib qo‘ydi
6.07.2021 10:56,  
141

Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida 59 yoshli erkak o‘zi bilan bir xonadonda istiqomat qilib kelgan fuqaroni paqir bilan urib, uning o‘limiga sababchi bo‘ldi. Bu haqda viloyat prokuraturasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 1 iyul kuni soat 18:30 larda tumandagi «Olimlar» mahallasida istiqomat qiluvchi K.M. ismli erkak spirtli ichimlik ta’sirida bitta uyda yashab kelgan fuqaro K.O. (1973 yilda tug‘ilgan) bilan o‘zaro janjallashib qolgan. Janjal oqibatida K.M. shu yerda turgan temir paqir bilan uning bosh tepa qismiga bir necha marotaba urib, og‘ir tan jarohati yetkazgan. K.O. olgan tan jarohati bilan hushini yo‘qotib, voqea joyida halok bo‘lgan.

Fuqarolar ushbu uyda charxchilik va mebel jihozlarini yasab berish bilan shug‘ullanib kelgan.

Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki xulosasiga ko‘ra, fuqaro K.O.ning o‘limiga «bosh miya yopiq jarohati, bosh miya pardalari osti-ustiga, miya to‘qimalariga qon quyilishi, tanasida ko‘plab urilib, yurtilgan jarohatlar» sabab bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan G‘allaorol tuman prokuraturasi tomonidan K.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан