Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Jizzaxda mijozlarining plastik kartalaridagi pullarni o‘marib kelgan bank xodimi aniqlandi
30.12.2021 16:35,  
191

Jizzax shahrida bank xodimi o‘z mijozlarining plastik kartalaridagi pullarini o‘g‘irlash bilan shug‘ullanib kelgan shaxs aniqlandi. Bu haqda Jizzax viloyati IIB axborot xizmati xabar beradi.

Ma’lum qilinishicha, shaharning «Do‘stlik» mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi fuqaro ichki ishlar organlariga murojaat qilib, unga tegishli bank plastik kartasidan noma’lum shaxs 8 million so‘m pulini yechib olganini bildirgan.

Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyat jabrlanuvchi mijoz bo‘lgan bankning chakana xizmatlar bo‘limi boshlig‘i, Jizzax shahrining «Uchariq» mahallasida istiqomat qiluvchi shaxs tomonidan sodir etilgani aniqlangan.

Shuningdek, ayblanuvchi yana 10 nafar fuqaroning pulini o‘margan bo‘lib, jabrlanuvchilarga jami 133 million 629 ming so‘m zarar yetkazilgan. Holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан