Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Jizzaxda noqonuniy oltin qazib olayotgan ikki erkak tosh ostida qolib, halok bo‘ldi
29.01.2021 22:24,  
185

Jizzax viloyati Gʻallaorol tumanida 26 yanvar kuni Buloqboshi QFYda yashovchi 4 fuqaroni hududdan 7—8 kilometr uzoqlikda joylashgan tog‘dan noqonuniy ravishda oltinli rudani qaziyotgan paytida tosh bosib qolgan. Bu haqida Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabariga tayanib "Tez.news"yozmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, to‘rt nafar fuqaro aholi yashash joyidan taxminan 7–8 kilometr uzoqlikda joylashgan tog‘dan o‘zlarini xavf ostiga qo‘yib, tog‘ bag‘riga 12–15 metr qazib kirib ruda olishayotgan paytda tosh fuqarolarni bosib qolgan. Oqibatda yigitlarning 2 nafari voqea joyida vafot etgan,2 nafari esa turli xil darajadagi sinish va boshqa tan jarohatlari bilan tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Mazkur fojia munosabati bilan Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasining mas’ullari tomonidan muhokama uyushtirgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан