Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Jizzaxda obodonlashtirish mashinasining gaz baloni portlashidan jarohatlangan 7 yoshli bolaning ikkala oyog‘i kesib tashlandi
14.04.2021 16:47,  
1227

Jizzaxda obodonlashtirish mashinasidagi 100 litrli gaz ballon portlab ketgani oqibatida yo‘l chekkasida turgan ota-bola reanimatsiyaga yotqizilgandi. «Sevimli» telekanalining «Zamon» informatsion dasturida ma’lum qilinishicha, gaz balonining bo‘laklaridan ota va bolaning oyoqlari jiddiy shikastlangan.

Maxsus yuk avtoulov haydovchisi 13 aprel kuni soat taxminan 07:15 da Sharof Rashidov tumani «Tuyoqli» mahallasi hududida joylashgan «Gulida Qudratova» kompaniyasining gaz quyish shoxobchasidan 20 kub metan gaz quyilishi ko‘zda tutilgan gaz baloniga ortiqcha 7 kub siqilgan gazni quydirgani sabab, katta atmosfera paydo bo‘lishi natijasida gaz balon portlagani aniqlangan. 

Portlash bo‘lgan joyning yaqin atrofida bo‘lgan “Sobalt”, “Nexia1” va “Spark” rusumli avtomashinalarga jiddiy zarar yetgan.

Hodisa oqibatida piyodalar o‘tish joyida yo‘lni kesib o‘tish maqsadida turgan ikki kishi — 1982 yilda tug‘ilgan erkak ikkala oyog‘ining jarohatlari tashxisi bilan va uning 2014 yilda tug‘ilgan o‘g‘li ikkala oyog‘ining sinishi tashxisi bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Jizzax filiali jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Filial direktorining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 7 yoshli bolaning oyoqlari amputatsiya (kesilgan) qilingan. Bola ayni vaqtda hushiga kelgan.

Mazkur holat yuzasidan Jizzax shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан