Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Jizzaxda maktabda o‘quvchilarning sochi chizg‘ich bilan o‘lchab chiqildi (foto)
28.02.2020 14:14,  
1755

Jizzax shahridagi 24-maktab telegram kanalida o‘qituvchilar o‘quvchilarning sochini chizg‘ich bilan o‘lchashayotgani rasmlari e’lon qilindi. Bu haqda bloger Nozim Safari xabar qildi.

Sochi me’yordan ortgan o‘quvchilar doskaga chiqarilib, barchaning oldida izza qilingan, maktab ma’murlari ular bilan tushuntirish ishlari olib borgan. 

Mazkur holat O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qaror loyihasi joylashtirilganidan so‘ng yuz berdi.

Taklif etilayotgan tahrirga ko‘ra, nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar faoliyatini amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlariga ta’lim oluvchilarning kiyimiga:

turli din va konfessiyalar hamda turli submadaniyatlarga mansublikni aks ettiruvchi elementlarni (hijob, kipa, kashaya, xoch va boshqalar) qo‘shishga hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlariga xos bo‘lgan harbiy va idoraviy formali kiyim-bosh kiyib yurishga yo‘l qo‘ymaslik;

o‘g‘il bola ta’lim oluvchilarning tashkilotga tanasining ochiq qismiga tatuirovka tushirgan yoki pirsing qilgan, soqol qo‘ygan, sochi 2-3 santimetrdan uzun bo‘lgan va yorqin ranglarga bo‘yalgan holda kelishlariga;

qiz bola ta’lim oluvchilarning tashkilotga tanasining ochiq qismiga tatuirovka tushirgan yoki pirsing qilgan, sochini yorqin ranglarga bo‘yagan, yuzini ko‘zga tashlanadigan darajada makiyaj qilgan, qulog‘iga bittadan ortiq sirg‘a taqqan, barmoqlariga uzuk taqqan, qo‘l tirnoqlarini bo‘yagan va uzun qilib o‘stirgan holda kelishlariga yo‘l qo‘ymaslikka oid qoida kiritilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан