Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Jizzaxda tez yordam shifokori kaltaklandi
6.03.2021 18:31,  
145

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanidagi xonadonlarning biriga chaqiruv asosida borgan shifokor xonadon egalari tomonidan kaltaklandi. Bu haqda "Yoshlar" telekanali lavhasida ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 1 mart kuni soat 22:09 da tumanning “Xalqobod” mahallasida yashovchi fuqarodan chaqiruv tushgan. Bu vaqtda tez-tibbiy yordam shifokorlar brigadasi “Fayzobod” mahallasidagi bemorga tibbiy yordam ko‘rsatayotgan bo‘lgan. Shifokorlar bu yerdagi ishlarini yakunlab, navbatdagi manzilga 17 daqiqada yetib borgan. Biroq ular manzilga borganda bemorni ko‘rishga ulgurmagan. Shifokorga xonadon egasi boshi bilan zarba bergan.

“Borishimizdan oldin telefon qilib, xonadon raqamini so‘radik. 67-uy dedi. Yetib borganimizdan keyin, xonadonga hali kirmasimizdan, uy egasining o‘g‘li kelib, so‘rashib, ‘Kim bilan gaplashdim?’ degancha qo‘qqisdan boshi bilan urdi. Hushimdan ketdim, keyingi voqealarni eslay olmayman. Ko‘zimni ochsam, reanimatsiyada ekanman”, deydi jabrlanuvchi.

Kaltaklangan shifokor hushini yo‘qotganidan so‘ng haydovchi uni Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax filialiga olib borgan. Brigadadagi feldsher esa bemorga yordam berish uchun chaqirilgan xonadonga qolgan.

“Bemor tez-tibbiy yordam orqali olib kelinyapti. Tahlillarini yig‘ganimizda bemorni kaltaklashgan. Og‘ir ahvolda bo‘lgani uchun uni reanimatsiya bo‘limiga yotqizib, yordam ko‘rsatdik. Dastlabki tashxisimiz yopiq qon quyilishi, bosh miyaning lat yeyishi, burun suyagining sinishi bilan tekshirishlar davom etyapti”, deydi shifokor To‘raqul Orziqulov.

Holat yuzasidan Sharof Rashidov tumani IIB Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruvlari olib borilmoqda, shifokorga nisbatan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан