Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Jizzaxdagi YTHda ikki kishi vafot etdi, uch nafari esa jonlantirish bo‘limiga tushdi
4.07.2020 19:00,  
980

2020 yil 2 iyul kuni soat 15:00 larda Jizzax viloyati G‘allaorol tumani Oqtom MFY hududidan o‘tgan 4R-40 «G‘allaorol-O‘smat» yo‘lida mudhish YTH sodir bo‘ldi.

Ushbu yo‘lning 40 km.da 35 yoshli B.R. “Nexia” rusumli avtomashinani G‘allaorol yo‘nalishi bo‘yicha boshqarib borayotib, avtomobil boshqaruvini yo‘qotib qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan 37 yoshli O.X.ning boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomashina bilan to‘qnashib ketadi.

IIV huzuridagi Tergov departamentining ma’lum qilishicha, YTH oqibatda, “Damas” rusumli avtomashina yo‘lovchilari 42 yoshli E.S., va 47 yoshli Sh.E.lar tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan.

“Nexia” rusumli avtomashina haydovchisi B.R., yo‘lovchisi 28-yoshli F.A. va 15 yoshli B.N.lar G‘allaorol tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan G‘allaorol tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 3-qismi «a» bandi (odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Hurmatli yo‘l harakati ishtirokchilari transport vositasini boshqarayotganingizda amaldagi «Yo‘l harakati qoidalari» ga rioya qilishingizni so‘raymiz, o‘zingiz va boshqalarning hayotiga befarq bo‘lmang” - deyiladi IIV xabarida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан