Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Jizzaxdan chetga kovul eksport qilinmoqda
1.10.2020 11:05,  
1211

Jizzax viloyat hududida hozirgi kunga qadar 12 ta eksportyor korxonalar kovul eksporti bilan shug‘ullanib kelmoqda.

Joriy yilning yanvar-avgust oylari davomida jami 3 million 244 ming AQSh dollari qiymatidagi 1909 tonna kovul “Jizzax” TIF bojxona postida eksportga rasmiylashtirilgan.

Kovul asosan G‘allaorol, Zomin va Sharof Rashidov tumanlaridagi tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari tomonidan Turkiya va Ispaniyaga eksport qilingan.

Kovul nima o‘zi

Yer bag‘irlab o‘sadigan ushbu tikanli buta joy tanlamaydi, suvsizlikka va sovuqqa chidamli. Maydan to oktyabr oyigacha o‘sadi. Dona-dona bo‘lib gullaydi. So‘ngra bir uyali go‘shtli reza meva beradi. Ikki pallali ushbu meva xuddi tarvuzga o‘xshaydi. Faqat mitti tarvuzlar...

Yurtimizning tog‘ yonbag‘irli hududlarida esa tabiiy holda o‘sadi. Jumladan, Jizzax viloyatining Zomin, o‘allaorol, Forish, Sharof Rashidov, Andijon viloyatining Buloqboshi, Namangan viloyatining Chust va Kosonsoy tumanlari, Toshkent viloyatining tog‘oldi hududlarida ko‘plab uchratish mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан