Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Jo Bayden hokimiyatga kelsa nima o‘zgarishlar bo‘ladi?
31.10.2020 14:03,  
1205

Uch kundan keyin AQShda prezidentlik saylovlari. Sotsiologik so‘rovnomalarga, ko‘plab ijtimoiy kayfiyat barometrlariga qaralsa, Vashingtonda hokimiyat o‘zgarishi kutiladi. Jo Bayden va Kamala Xarrislar hokimiyatga kelish ehtimoli yuqori.

Lekin, aytib o‘tish kerak, o‘tgan saylovlarda ham, barcha so‘rovnomalar va tahlillar, Hilari Klintonni g‘alabasini aytishgan edi.

Jo Bayden hokimiyatga kelsa:

• “De-fakto” davlatni vitse-prezident Xarris boshqarishiga to‘g‘ri keladi. Yildan yilga, ichki va tashqi siyosatdagi tashabbuslar va faollik vitse-prezidentga o‘tib boradi. Jo Baydenning yoshi, hozirda 77da.

• Demokratlar, jumladan Bayden va Xarris – liberal globalistlar hisoblanishadi. Tramp esa, respublikachilar partiyasining “izolyasionist” qanotidan chiqqan siyosatchi. Bu – tashqi siyosatda kardinal o‘zgarishlarni anglatadi.

• Bayden-Xarris Yevropa Ittifoqi va transatlantiq aloqalarni qayta tiklashadi, kuchaytirishadi. Transatlantik erkin savdo hududi g‘oyasini yana qayta tiriltirishga urinishadi. NATOni jipslashtirishga va kuchaytirishga intilishadi. NATO kun tartibidan Trampning “xarajatlarni hamma birdek ko‘tarsin” talabi olib tashlanadi.

• Bayden Rossiyaga urush e’lon qilib bo‘ldi. Rossiyaga nisbatan bosimlar siyosati kuchaysa kuchayadi, lekin pasaymaydi. Keyingi to‘rt yillikda Rossiyadagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatni chayqash orqali hokimiyatdan Putinni olib tashlashga urinishlar oshib boradi.

• Turkiya borasida, Baydenning pozitsiyasi aniq va ehtiyotkor bo‘lib qoladi: Erdog‘anni hokimiyatdan ketkazish yoki to‘liq bo‘ysundirish, lekin Turkiyani NATO va g‘arb orbitasida ushlab qolish. Bu vazifaga erishish uchun, ehtiyotkor bosimlar va rag‘batlantirish siyosati olib boriladi. Erdog‘an ham tajribali siyosatchi. U doim vaziyatga qarab, qizil chiziqning ustida yuradi, lekin bu chiziqdan juda o‘tib ketmaydi.

• Eron bilan murosa siyosati yana kun tartibiga qaytadi. Bu ba’zi arab davlatlari va Isroilga yoqmasligi aniq.

• Eng asosiysi – Obamaning “Xitoyni ihotalash va bosimga olish” doktrinasi yakkalikda emas, AQSh boshchiligidagi g‘arb koalitsiyasi ishtirokida amalga oshirila boshlanadi. Obamaning tashqi siyosatdagi qilgan eng katta o‘zgarishi – bu Xitoyni bosim va nazoratga olishga qaratilgan siyosat bo‘ldi. Sobiq vitse-prezident Bayden Prezident bo‘lib, bu siyosatni davom ettiradi va kuchaytiradi. Sababi, Trampning izolyasion siyosati natijasida, Xitoyning global salohiyati yanada o‘sdi. Uyg‘urlar haq-huquqi masalasi yanada ko‘proq ko‘tariladi.

• Bayden Afg‘onistondan harbiy qo‘shinlarni olib chiqib ketishga shoshilmaydi.

• Markaziy Osiyoda esa, Tramp davriga nisbatan AQShning geosiyosiy e’tibori biroz oshadi, lekin keskin o‘zgarishlar kutilmaydi. Bayden ma’muriyati Xitoyga qarshi koalitsiyasiga MO davlatlarini jonliroq targ‘ib qilib boshlaydi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан