Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Johnson & Johnson kompaniyasi 2021 yilda 1 mlrd doza koronavirus vaksinasi ishlab chiqaradi
11.05.2020 12:00,  
297

Amerikaning Johnson & Johnson farmatsevtika kompaniyasi 2021 yildan boshlab Covid-19 koronavirusining 1 mlrd dozagacha bo‘lgan vaksinasini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda kompaniya rahbari Pol Stoffels ABC telekanalidagi efir chog‘ida ma’lum qildi.

"Kelgusi yildan 1 mlrd dozagacha koronavirus vaksinasi ishlab chiqarish ustida ishlamoqdamiz", - dedi Stoffels sentyabrdan dorining klinik sinovlari boshlanishini ta’kidlagan holda. Uning so‘zlariga ko‘ra, sinovlar 2020 yilning so‘nggiga qadar tugashi kutilmoqda. 

Agar pandemiya vaksina yaratishga hojat qoldirmay o‘tib ketganida edi, biz bundan quvonardik. Lekin biz bunday bo‘ladi deb o‘ylamaymiz", - dedi u boshlovchining savoliga javob berib.

Stoffels hozirda koronavirus bilan zararlanish holati ortib borayotganini hisobga olib, virus tarqalishini nazorat qilish uchun vaksina kerak bo‘lishini ta’kidladi.

Vaksina ishlab chiqish uchun kompaniya bilan birgalikda AQSh SSV qoshidagi istiqbolli loyihalar va ishlab chiqarishlar biotibbiy boshqarmasi $1 mlrd.dan ko‘proq mablag‘ ajratgan.

16 mart kuni Sietl (Vashington shtati)da ishlab chiqarilgan ilk eksperimental vaksinani sinab ko‘rish boshlandi. Loyiha AQSh Sog‘liqni saqlash milliy instituti hamda Moderna biotexnologiya kompaniyasi hamkorligida yaratildi. Uni keng ko‘lamda qo‘llash uchun 12-18 oy vaqt kerak bo‘lishi aytildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан