Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Jon Bolton: AQSh O‘zbekistondagi islohotlarni olqishlaydi
18.07.2019 11:47,  
5

AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jon Bolton Vashingtonda O‘zbekiston tashqi ishlar rahbari Abdulaziz Kamilov bilan uchrashdi va AQSh O‘zbekistondagi islohotlarni olqishlashini ma’lum qildi. Bu haqda Twitter᾽da post yozib qoldirdi.

“Bugun O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri bilan ajoyib uchrashuv bo‘ldi. Biz umumiy manfaatlarning keng doirasini va sherikchiligimizni rivojlantirishning eng yaxshi yo‘llarini muhokama qildik. Biz O‘zbekistondagi islohotlar va ularning butun Markaziy Osiyoga ijobiy ta’sirini olqishlaymiz va AQSh-O‘zbekiston hamkorligining yanada chuqurlashuviga umid qilamiz”, - deya yozgan Bolton.

​Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya tashrif bilan AQShda bo‘lib turibdi.

Kamilov AQShga amaliy tashrif doirasida ikki tomonlama savdo-iqtisodiy, moliyaviy va investitsiya aloqalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan qator tadbir va uchrashuvlarda ishtirok etadi. Delegatsiya tarkibiga O‘zbekiston Investitsiya va tashqi savdo vazirligi, kompaniyalar va banklar rahbarlari kirgan.  Tashrif 16 iyul kuni boshlandi va 23 iyul kuni yakunlanadi

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан