Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Jonson Kiyevda Zelenskiy bilan uchrashdi
10.04.2022 09:51,  
140

9 aprel kuni Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson Kiyevga tashrif buyurdi. Tashrif davomida u Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashdi. Bu haqda Ukraina yetakchisi devonxonasi rahbari o‘rinbosari Andriy Sibiga ma’lum qildi.

“Hozirda Boris Jonsonning Kiyevga tashrifi Prezident Zelenskiy bilan yakkama-yakka uchrashuvdan boshlandi. Buyuk Britaniya Ukrainaga mudofaa yordami bo‘yicha yetakchi hisoblanadi”, deb yozadi Sibiga.

Jonsonning matbuot kotibiga ko‘ra, ular Ukrainani uzoq muddatli qo‘llab-quvvatlashni muhokama qilgan. Tashrif chog‘ida Bosh vazir moliyaviy va harbiy yordamning yangi paketini Zelenskiyga taqdim etadi.

Ma’lumot uchun, oxirgi marta Jonson 1 fevral kuni Kiyevga rasmiy tashrif bilan kelgan edi. “Reuters” agentligi Jonson vakiliga tayanib xabar berishicha, Zelenskiy bilan muzokaralar chog‘ida Bosh vazir Kiyev va Moskva o‘rtasidagi keskinlik kuchayib borayotgan vaziyatda Ukraina Buyuk Britaniya va ittifoqchilardan nimani olishni xohlayotganini bilmoqchi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан