Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qozog‘istondan eng ko‘p pul o‘tkazmalari Rossiya va O‘zbekistonga amalga oshirilmoqda
3.12.2019 19:25,  
219

2019 yilning yanvar-oktyabr oylarida qozog‘istonliklar jami 540,4 mlrd. tenge xalqaro pul o‘tkazmalarini amalga oshirgan va bu pul mablag‘larining yarmidan ko‘pi (53%) Rossiya va O‘zbekistonga to‘g‘ri keladi, deb yozmoqda finprom.kz nashri.

Joriy yilning dastlabki 10 oyida Qozog‘istondan Rossiya Federatsiyasiga 171,9 mlrd. tenge pul o‘tkazilgan. Bu esa o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 10.2%ga kamdir. Ikkinchi o‘rinda 119,6 mlrd. tenge bilan O‘zbekiston turibdi. Bu esa o‘tgan yilga nisbatan 24%ga ko‘proq demak. Keyingi o‘rinlarda Turkiya (75,5 mlrd.), Qirg‘iziston (70,5 mlrd.) va Xitoy (28,7 mlrd.)

Qozog‘istonga pul yuborilayotgan mamlakatlar ro‘yxatini ham Rossiya boshqaryapti — 112,5 mlrd. tenge. Keyingi o‘rinlarda Janubiy Koreya (54,5 mlrd.), O‘zbekiston (25,4 mlrd.), Qirg‘iziston (24 mlrd.), AQSh (15,8 mlrd.)

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан