Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Jorj Floyd o‘limi: Amerika xalqi nega namoyishga chiqdi?
10.06.2020 20:43,  
1137

Jurnalist Bahodirxon Eliboyev AQShda yashovchi o‘zbek yigiti bilan amerikalik qoratanli fuqaro Jorj Floyd o‘limi va undan keyingi voqealar masalasida suhbatlashdi. Farg‘onalik o‘zbek yigiti Abdulaziz Rasulberdiyev Floyd o‘ldirilgan mahallada yashashini ma’lum qilgan.

— Assalomu alaykum, Abdulaziz. Vaqtingizni ko‘p olmayman. Siz bilan Jorj Floyd haqida gaplashsak. Shu mavzuga munosabatingiz qanday?

— Va alaykum assalom. Jorj Floyd o‘zi hohlamay, va balki, bilmagan holda tarixga kirdi. Bugun uning nomi butun dunyoga ma’lum.

— O‘sha kunda u nima qilayotgandi? Qanday jinoyat sodir etayotgandi?

— O‘sha kuni u Cup Foods (Kap Fudz) degan magazindan qalbaki pulga sigaret olgandi. Sigaretni olib bo‘lgach, moshinasiga chiqib oshnasi bilan chekib o‘tirgandi, do‘kon hisobchisi kelib unga haqiqiy pul berishini so‘raganda, rad javobini eshitgan, shunda politsiya chaqirtirilgan. Odatda, u joyda politsiya tez kelmaydi, shuning uchun Floyd bemalol sigaretni tugatib, keyin ketaman degan bo‘lsa kerak. Lekin o‘sha kuni politsiya negadir tez kelibdi. Men shaxsan u politsiya boshlig‘ini ham tanir edim.

— Bundan oldin 9 marta sudlangani aytilyapti. Oxirgisida xomilador ayolga tahdid ham qilgan ekan. Bunday o‘tmishga ega inson haqida nima deya olasiz?

— U 9 marta sudlanmagan, balkim 9 marta unga politsiya xodimlari chaqirtirilgan. Endi bu yerda odamlar biron muammo bo‘lsa, murosa qilib o‘tirmaydi (bizga o‘xshab), shart politsiyaga telefon qilib dardini aytadi. Keyin politsiya hal kiladi. Tushunishimcha, Floydga ham ajrashgan xotini tomonidan shunaqa chaqiriqlar bo‘lgan. Lekin u ashaddiy jinoyatchi bo‘lmagan. Oddiy odam bo‘lgan, o‘z muammolari va kundalik g‘amlari bilan hamma qatori yurardi.

— Amerikada odamlar bosh ko‘tarishdi. Qiynoqlar va zo‘ravonliklarga qarshimiz deyishmoqda. Tinch namoyish o‘tkazsa bo‘lmasmidi? O‘z birodarlarining do‘konlarini, savdo rastalarini, katta-katta komplekslarini vayron qilishdan nima foyda?

— Protest qiluvchilar asosan afro-amerikalilar, ular esa o‘zini g‘azabini shu tariqa ifodalashmoqda. Lekin ularning ichida radikallari ham bor. Ular vaziyatdan foydalanib dukonlarni yondirish bahonasida bu do‘konlarni to‘da bo‘lib o‘marmokda. Maqsad narsa o‘g‘irlash.

Yana bir to‘daning maqsadi Black Lives Matter ("Qoralar hayoti muhim") degan afroameriklar uyushmasini yanada tanitish va iloji boricha ko‘proq vayronagarchilik orqali OAV e’tiborida bo‘lish. Maqsad, ko‘rganingizdek, boshqa shtat va davlatlarga Black Lives Matter tashkilotini tanitish.

Shu bilan birga, afroamerikaliklar bu vaziyat orqali o‘zlariga ko‘proq etibor berilishi kerakligini ham xohlashmoqda.

— Qotil politsiyachi qo‘lga olingan, jazoni sud beradi. Amerikaliklar nega shu bilan tinchishmayapti? Yoki politsiya zulmidan charchashganmidi?

— Politsiya ishi noto‘g‘ri qo‘yilgan deb o‘ylayman. Politsiya nazorati to‘g‘ri qo‘yilmagan. Odamlar shundan charchashgan. Misol uchun, bizda joylardagi IIBBning ustidan nazorat bor. Prokuratura, o‘zlarining ichki nazorat bo‘limlari hamda Ichki ishlar Vazirligi bor.

Ichki ishlar xodimlariga nisbatan nazorat bor. Etalon emas lekin bor. Bu yerda Politsiya ustidan nazoratni ham Politsiya qiladi va ko‘p hollarda ular, tabiyki, Politsiya xodimiga yon bosadi. Ko‘p hollarda, mansab suiiste’molini ham kuzatish mumkin. Shuning uchun afro-amerikaliklar bundan charchagan.

— Lekin ko‘chada faqatgina afroamerikaliklar emas, oqtanli amerikaliklar ham e’tirozli kayfiyatda yurishibdi?

— Bu namoyishlarda oqtanlilarning ham bo‘lishi Politsiyani isloh qilish paytini ko‘rsatdi. Chunki ertaga Politsiyaning bunaqa muomalasiga hamma aholi qatlamlari duch kelishi mumkin. Bu yerda yana bir jihat muhim. Virus tufayli yuzaga kelgan ishsizlik hamda odamlarda uyda o‘tiraverganidan paydo bo‘lgan zerikish ham o‘z rolini o‘ynadi.

— Hozir politsiya bo‘limi tarqatib yuborilishini aytishyapti. Bu sizning hududingizda qanday o‘zgarishga olib keladi? Ya’ni, bunday qarorni yechim deya olasizmi?

— Yo‘q. Bu juda noto‘g‘ri qaror bo‘ladi, chunki o‘zi tinchlik buzilgan, politsiya tarqatilsa anarxiya yuzaga kelishi mumkin. Uning o‘rniga, fikrimcha, politsiyani isloh qilish yaxshiroq bo‘lardi. Politsiya tarqatilishini odamlar talab qilmoqda. Lekin hozircha, ma’muriyat bunday bo‘lmasligini aytib turibdi.

— Floydni o‘ldirganlarga qanday jazo berilishi kutilyapti? Floyd oilasiga advokat berilganmi?

— Floydning oilasi advokat yollagan va hozirda ishi sudda ko‘rib chiqilyapti. Kompensatsiya to‘lansa kerak. Chunki, misol uchun, o‘tgan yili aynan shu shahar politsiyasi boshqa bir fuqaroning o‘limi uchun 20 million dollar to‘lab berdi. Endi Floyd o‘limida ayblanuvchilar masalasiga kelsak, ular bo‘yicha sud cho‘zilib, keyin oqlanishsa kerak. Chunki rollari katta bo‘lmagan, ya’ni, qasdan ish tutishmagan. Biroq, asosiy aybdorga uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi kutilyapti.

— Vayrongarchilik masshtabi qancha deb baholanmoqda? Amerika Floyd o‘limidan keyingi namoyishlarda qancha zarar ko‘rdi? Buni mahalliy OAVda aytishdimi? Qo‘shimcha savol: jami nechta shtatlarda e’tirozlar kuzatilyapti?

— Namoyishlarning Amerika byudjetiga yetkazgan zarari haqida hali aniq bir gap aytishmadi. Namoyishlar 20 ta shtat bo‘ylab o‘tkazilyapti.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан