Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






JSST bezgakka qarshi dunyodagi birinchi vaksinani ma’qulladi
7.10.2021 23:56,  
57

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bezgakka (malyariya) qarshi dunyodagi birinchi vaksinaning ommaviy qo‘llanishini ma’qulladi. Bu haqda tashkilot saytida e’lon qilingan, deb yozadi Meduza.

Mosquirix savdo brendi ostida tarqatiladigan vaksina sinovlarining so‘nggi bosqichi 2019 yildan buyon davom etayotgandi, sinovlarga Gana, Keniya va Malavida yashovchi 800 mingdan ortiq bola jalb qilingan.

Vaksina cheklangan samaradorlikni ko‘rsatdi — u faqat 39 foiz hollarda infeksiyaning oldini olgan va 29 foiz hollarda kasallikning og‘irlashish ehtimolini kamaytirgan. Ammo bezgakka qarshi dorilar bilan birgalikda vaksinaning jiddiy kasallik va o‘limga qarshi samaradorligi 70 foizgacha ko‘tarilgan.

JSST vaksinaning tasdiqlanishini «tarixiy lahza» deb atadi.

Afrikada bezgak har yili yuz minglab odamlarning hayotiga zomin bo‘ladi, ularning aksariyati besh yoshgacha bo‘lgan bolalar. 2019 yilda qit’adagi 386 ming aholi bezgak qurboniga aylangandi. Taqqoslash uchun: Afrikada pandemiya boshlanganidan buyon 212 ming kishi koronavirusdan vafot etgan.

Bezgakka qarshi vaksinani yaratish ustida 30 yildan ko‘proq vaqt davomida ish olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun, bezgak odamlarga chivin chaqishi orqali yuqadigan yuqumli kasallik. U o‘zi bilan isitma, titroq, jigar va taloq shishishini olib keladi. Har yili bir necha yuz million odam bezgak bilan kasallanadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан