Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






JSST: COVID-19’ga chalinishlar soni bo‘yicha sutkalik antirekord qayd etildi
7.11.2020 10:08,  
178

Koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha bundan oldingi sutkalik antirekord 31 oktyabr kuni qayd etilgandi — 557 mingdan ortiq.

JSST hisob-kitoblariga ko‘ra, epidemiya boshlanganidan buyon butun dunyoda COVID-19 koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni 48,5 milliondan oshgan, hozirga qadar 1,231 milliondan ortiq odam virus qurboniga aylangan.

Avvalroq Daniyada koronavirus mutatsiyasining oldini olish uchun barcha qorako‘zanlar yo‘q qilinishi, dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 48 milliondan oshgani, infeksiya asoratlari oqibatida kuzatilgan o‘lim holatlari soni bo‘yicha antirekord qayd etilgani haqida xabarlar berilgan.

Eslatib o‘tamiz, noyabr boshlarida JSSTning Rossiyadagi vakili Melita Vuynovich yaqin bir necha oyda dunyoda COVID-19 koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat juda og‘irlashishi haqida ogohlantirgandi. 5 noyabr kuni esa dunyoda koronavirus oqibatida yuz bergan o‘limlar soni bir kecha-kunduzda 9763 tani tashkil etib, eng yuqori ko‘rsatkich qayd etilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан