Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






JSST dunyo mamlakatlarini kuzda yangi pandemiyaga tayyorgarlik ko‘rishga chaqirdi
26.08.2021 11:31,  
166

JSST bosh direktori Gebreyesus dunyo mamlakatlarini kuzda yangi pandemiyaga tayyorgarlik ko‘rishga chaqirdi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori Tedros Gebreyesus dunyo mamlakatlarini kuzda bo‘ladigan yangi pandemiyaga tayyorgarlik ko‘rishga va unga munosib javob berishga chaqirdi. JSST rahbari bu haqda Jenevada bo‘lib o‘tgan brifing chog‘ida aytib o‘tdi.

Gebreyesusning so‘zlariga ko‘ra, dunyoda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat barqarorlashgan. Ammo kasallanish va o‘lim ko‘rsatkichlari yuqori darajada qolmoqda.

«Bu barqarorlik juda yuqori darajada — 4,5 milliondan ortiq yangi holatlar va 68 mingdan ortiq o‘lim», deydi u.

Avvalroq, JSST bosh olimi Sumya Svaminatan koronavirus Hindistonda endemik kasallikka aylanishini aytgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur davlatda ushbu xastalik «endemiklik» bosqichiga kirgan. Bu yerda kasallikning tarqalishi faqat mamlakatning ayrim hududlariga xos bo‘lib qolmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан