Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






JSST dunyoda takror koronavirus holatlari qayt etilganini xabar qildi
10.10.2020 13:24,  
412

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirusni qayta yuqtirishni o‘rganish uchun maxsus guruh tuzmoqda.

JSST favqulodda kasalliklar bo‘limi texnik guruhi rahbari Mariya Van Kerxovning aytishicha, tashkilot odamlarda kuchli immunitetni rivojlantirish bo‘yicha ma’lumotlarga ega, ammo bu qancha davom etishi hali ma’lum emas.

"Biz ko‘plab mamlakatlardagi reinfeksiya holatlaridan xabardormiz. Bizda takror infeksiyalanish bo‘yicha maxsus ishchi guruhimiz bor. Chunki bizda juda ko‘p savollar mavjud. Ayni paytda turli mamlakatlardan ko‘plab xabarlar kelib tushmoqda, ammo bizda reinfeksiya bilan kasallangan aholining foiz nisbati haqida ma’lumot yo‘q. Va savol shuki, birinchi infeksiyadan keyin qanday immunitet paydo bo‘ladi va ikkinchi infeksiyadan keyin qanday immunitet paydo bo‘ladi. Antitanachalar ko‘payib boradimi yoki kamayib boradimi va u yerda nima bo‘ladi ", - dedi u.

JSST javob topishni kutayotgan yana bir savol - bu takror kasallanishning qanchalik og‘ir bo‘lishidir. Va virusni yengilroq shakli bilan yuqtirish mumkinmi?

Uning so‘zlariga ko‘ra, JSSTda COVID-19 bilan kasallangan odamlarda kuchli immunitetni rivojlanishiga oid ma’lumotlar mavjud, ammo bu qancha davom etishi hali ma’lum emas. Ba’zi tadkikotlar besh oygacha kuchli immunitetni namoyon qiladi, boshqalari esa antitanachalar kamroq bo‘lishini ko‘rsatadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан