Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






JSST: "Dunyoda yangi global muammo paydo bo‘ladi"
11.11.2021 08:47,  
107

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) kelgusi yilda dunyoda COVID-19 ga qarshi emlash uchun shpritslarning global tanqisligi bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda. Bu haqda 10 noyabr, chorshanba kuni JSSTning dori vositalari va sog‘liqni saqlash mahsulotlaridan foydalanish bo‘yicha katta maslahatchisi Liza Xedman ma’lum qildi, deya xabar beradi Insider.

Uning hisob-kitoblariga ko‘ra, 2022 yilda ikki milliardgacha shprits yetishmaydi, bu esa o‘z navbatida emlash tezligiga ta’sir qiladi.

Shuningdek, uning ta’kidlashicha, bunday vaziyat qashshoq mamlakatlar bir xil shpritslardan bir necha marta foydalanishni boshlaganda yana bir muammoni keltirib chiqarishi mumkin.

U tibbiy asbob-uskunalar ishlab chiqaruvchilarni bir martalik in’yeksiya shpritslarini ishlab chiqarishni kengaytirish yo‘lini topishga chaqirdi.

"Pandemiyaga javoban amalga oshirilayotgan emlashlar soni haqida o‘ylaganingizda, bu biz qisqartirishlar, yetishmovchiliklar yoki bemorlar va tibbiyot xodimlari uchun to‘liq xavfsizlikni ta’minlay oladigan soha emas", dedi u Jenevada jurnalistlarga.

Uning ta’kidlashicha, dunyoda COVID-19 ga qarshi 6,8 milliard vaksina joriy etilgan, har yili 6 milliard shprits ishlab chiqariladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан