Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






JSST global hamjamiyatni yana bir epidemiya xavfidan ogohlantirmoqda
12.11.2021 16:15,  
227

2020 yilda qizamiqqa qarshi muntazam emlashda uzilishlar tufayli kasallikning yangi tarqalishi xavfi mavjud. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) saytida ma’lum qilindi.

«2020 yilda 22 milliondan ortiq bola qizamiqqa qarshi emlashning birinchi dozasini o‘tkazib yubordi. Bu 2019 yilga nisbatan 3 millionga ko‘p. Qolaversa, bu oxirgi yigirma yillikdagi eng katta o‘sishdir va epidemiya uchun xavfli muhit yaratadi», deyiladi JSST va AQSh Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi qo‘shma hisobotida. 

2020 yilda qizamiq bilan kasallanganlar soni o‘tgan yilga nisbatan 80 foizdan ko‘proqqa kamaygan. Biroq, infeksiyalar soni kamayganiga qaramay, dunyoda qizamiq tarqalishi xavfi o‘sishda davom etmoqda, deya ogohlantirmoqda mutaxassislar. 

Hisobot mualliflarining fikricha, dunyoda qizamiqni epidemiologik nazorat qilish yomonlashgan. Bundan tashqari, yomon test sinovi, kasallik haqida xabardorlik ham global hamjamiyatni uning tarqalishini oldini olish qobiliyatini xavf ostiga qo‘yadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан