Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






JSST gripp va koronavirus simptomlari o‘rtasidagi farqlarni ma’lum qildi
12.11.2020 14:07,  
191

«COVID-19 va gripp yo‘tal, tumov, tomoq og‘rig‘i, isitma, holsizlik kabi o‘xshash simptomlarga ega. Ammo COVID-19 ta’m va hid bilish hissining yo‘qolishi, nafas qisishi kabi qo‘shimcha simptomlarni keltirib chiqarishi mumkin», — deyiladi tashkilot bayonotida.

JSST qo‘shimcha qilishicha, koronavirusning og‘ir formasida bemorlarda nafas qisishi, ishtaha yo‘qolishi, ko‘krak sohasida muttasil og‘riq yoki bosim, 38 darajadan yuqori harorat, shuningdek, ong chalkashishi kuzatilishi mumkin.

Bunday simptomlar bilan bemor tezlikda tibbiy yordam so‘rab murojaat qilishi kerak. Shuningdek, surunkali kasalliklari bo‘lgan bemorlar, keksa fuqarolar hamda besh yoshgacha bo‘lgan bolalar va homilador ayollar ham shifokorga murojaat qilishi zarur.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, pandemiya boshidan buyon dunyo bo‘yicha 52 milliondan ortiq odam koronavirusga chalingan. Eng ko‘p holatlar AQSh, Hindiston va Braziliyada qayd etilgan. Dunyo bo‘yicha jami 1,28 million kishi koronavirusdan vafot etgan. Eng ko‘p qurbonlar AQShda (240,9 ming), Braziliyada (163,3 ming) va Hindistonda (127,5 ming).

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан