Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






JSST koronavirus tarqalishi tezlashganini ma’lum qildi
30.06.2020 14:55,  
452

Dunyodagi ko‘pchilik odamlar koronavirusga chalinish xavfi ortib bormoqda. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) rahbari Tedros Gebreyesus matbuot anjumanida ma’lum qildi.

“Biz barchamiz bu [пандемия] tugashini xohlaymiz. Hammamiz hayotimizni davom ettirishni xohlaymiz. Ammo voqelikning shafqatsizligi shundaki, u hanuzgacha tugamagan ”, - dedi Gebreyesus.

Uning ta’kidlashicha, pandemiya paytida ko‘plab mamlakatlar koronavirusni oldini olish va hayotini saqlab qolish uchun misli ko‘rilmagan choralarni ko‘rishgan. Bu COVID-19'ning rivojlanishini sekinlashtirishga yordam berdi, ammo uni butunlay to‘xtatmadi.

Hozirda iqtisodiy faoliyatni qayta boshlayotgan ba’zi mamlakatlarda koronavirusning yangi avj olishlari qayd etildi. "Ko‘plab davlatlar ba’zi yutuqlarga erishgan bo‘lsalar ham, global pandemiya tezlashmoqda", - deb qo‘shimcha qildi JSST rahbari.

Gebreyesus ushbu vaziyat butun dunyoga ta’sir ko‘rsatayotganini ta’kidladi va bu uzoq vaqt davom etishiga ishora qildi. "Kelgusi oylarda barcha mamlakatlar duch keladigan muhim savol bu virus bilan qanday yashash kerak", - deya xulosa qildi JSST rahbari.

Iyun oyida Gebreyesus dunyo koronavirus tarqalishining "yangi va xavfli" bosqichiga kirganligi haqida ogohlantirgan edi. Shundan so‘ng, JSST koronavirus yuqtirish holatlarining kunlik ko‘payishi bo‘yicha yangi rekordni qayd etdi - 21 iyun holatiga ko‘ra, 183 mingdan ortiq yangi holatlar qayd etila boshladi. O‘sha paytda, faqat Shimoliy va Janubiy Amerikada kuniga 116 mingdan ortiq holat qayd etilgan. Bundan tashqari, 25 iyunga qadar yangi holatlarning ko‘payishi taxminan 30 ta Yevropa mamlakatlarida qayd etildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан