Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






JSST koronavirusga qarshi ilk vaksinani foydalanish uchun tasdiqladi
1.01.2021 21:28,  
216

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ilk marta koronavirusga qarshi vaksinani foydalanish uchun yaroqli deb topdi va uni favqulodda holatda ishlatish mumkinligini ma’lum qildi. Bu haqda tashkilot rasmiy saytida yozildi.

AQShning Pfizer kompaniyasi ishlab chiqargan vaksina JSSTdan rasman ruxsatnoma oldi: «Bugun Pfizer vaksinasi COVID-19 virusiga qarshi ishlatish mumkin bo‘lgan preparat sifatida favqulodda ruxsatnoma oldi. Bizning tekshiruvlar vaksina barcha ko‘rsatilgan talablarga mos kelishi, kerakli darajada xavfsiz va samarali ekanini ko‘rsatdi. Koronavirusga qarshi kurashda Pfizer vaksinasidan foydalanish uchun kerakli darajada xavfsiz deb topildi», deyiladi JSST bayonotida.

Ma’lumot uchun, JSST biror preparatdan favqulodda holatlarda foydalanish uchun kasallik ustida o‘tkazilgan barcha tadqiqot natijalari aniq bo‘lmagan yoki kasallikka qarshi kurashish uchun dori vositasi juda zarur bo‘lgan holatda ruxsat berishi mumkin. Hozirda Pfizer'ga taqdim etilgan ruxsatnoma favqulodda hisoblanadi va keyinchalik to‘liq o‘rganishlar yakunlangach, ruxsatnoma doimiy foydalanish uchun berilishi mumkin.

JSST ruxsat bergan vaksina AQShning Pfizer va Germaniyaning BioNTech faramsevtika kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilgan. Undan foydalanish uchun o‘nlab mamlakatlarda rasman ruxsat berilgan. Xususan, Yevropa Ittifoqi o‘z hududida Pfizer vaksinasi bilan emlashga ruxsat bergan. Bu vaksinani AQShning saylangan prezidenti Jo Bayden, Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyahu, Saudiya valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon kabi dunyo yetakchilari qabul qilgan. Bugungacha dunyo bo‘ylab o‘n millionlab odamlar Pfizer vaksinasi bilan emlanib ulgurdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан